Bandixonda mehnat yarmarkasi

Date:

Peshona teri bilan, halol mehnati ila rizq terishning, xonadoniga bir burda non bilan bir siqim shirinlik olib borishning gashti ham mazasi ham o‘zgacha bo‘ladi. Tayin ish, daromad manbayi bo‘lishi kishiga xotirjamlik baxsh etishi shubhasiz. Biroq istaymizmi, yo‘qmi jamiyatimizda ishsizlikdan qiynalayotgan aholi qatlami ham mavjud.

Har bir fuqaroning o‘z yumushi, qilarlik tayin ishi, muqim ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun mutasaddilar har qachon harakatda. Bir kishi bo‘lsa-da ishga joylashib, xotirjamlikda yashasa, demak bir xonadonda to‘kislikka yo‘l ochiladi.

Bandixon tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tuman prokurori S.Maxmanov tashabbusi bilan tuman Majburiy ijro byurosi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada 84 ta korxona va tashkilotlar 311 ta turli sohalar boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari bilan hamda tumanning barcha mahallalaridan 62 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

Unda 7 nafar ishsizlarga yo‘llanmalar berilib, doimiy ish oʻrniga joylashtirildi hamda 55 nafar fuqarolarga maslahatlar berildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun