“Nodirabegim”ning muammosiga yechim topildi

Date:

Istaymizmi, yo‘qmi issiq jonning isitmasi bo‘lganidek, jamiyatda muammoyu kamchiliklar ham uchrab turadi. Muammo qachon hal bo‘ladi? Mutasaddilar aholini qiynab turgan muammo va masalalarni joyiga borib obdon o‘rgansa, fuqarolar ko‘ngliga qo‘l solsa, muammolarni bartaraf etish choralari vaqtida va sezilarli harakatlar orqali amalga oshirilsagina, odamlarning hayotdan roziligi oshadi. Muammolar ortga chekinadi. Negaki, ko‘pdan quyon qochib qutulmas, deya bekorga aytilmaganda. Xoh tuman, xoh viloyat darajasida bo‘lsin, barcha toifadagi rahbarlar, mas’ullar dolzarb masalalarga diqqat qaratib hamkorlikda ish tutsa, albatta, ishlar natija beradi.

Mamlakatimizda inson qadr-qimmatini ulug‘lab, ochiq muloqot o‘tkazishning keng yo‘lga qo‘yilgani o‘rtaga tashlanayotgan muhim masalalarni hal etish va odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashida o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, Sariosiyo tumani hokimi Abdisalom Xo‘jaqulov aholi muammolarini joyida borib o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida, 1-sektor hududida joylashgan Nodirabegim mahallasi fuqarolarini bir necha yildan buyon qiynab kelgan muammolariga yechim topish uchun, mahallaga tashrif buyurib, fuqarolar bilan uchrashdi. Sektor rahbari aholini qiynab kelgan ichimlik suvi hamda tomorqa suvi muammosini atroflicha o‘rganib murojaatni tez kunlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga topshiriq berdi.

Natijasiga ko‘plar umid bog‘lagan ushbu masala yechimi tez orada bo‘y ko‘rsatishiga nodirabegimliklar qatori biz ham umid bog‘lab qolamiz…

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun