Iste’dodni “imlagan” “Yoshlar ovozi”

Date:

Bugun ijodkorni yuzaga chiqarish, yoshlarning iqtidorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinayotgani barchamizga ayon. O‘zining betakror tabiati, purviqor tog‘lari orasida minglab iqtidor egalarini ulg‘aytirayotgan so‘lim Boysunda o‘tkazilib kelinayotgan tanlovlar shaksiz yosh ijodkorlar uchun ayni muddao bo‘layotir. Yarq etgan uchqunni vqtida payqash, unga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish esa mutasaddilarning oily maqsadi, desak xato bo‘lmas.

Ana shunday tanlovlardan biri — “Bo‘zatov FEST” 2022 Respublika “Yoshlar ovozi” tanlovining sektorlar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har go‘shadan o‘zining soziyu ovozini kuyga jo‘r aylagan ko‘plab yoshlar ushbu tanlovga oshiqdi. “Yoshlar ovozi” tanlovida 10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh toifalarida o‘tkazildi. Unda “Baxshichilik”, “An’anaviy ijro”, “Opera” hamda “Estrada” yo‘nalishlarida ijod qilayotgan boysunlik yoshlar o‘zlarining ijod na’munalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, tanlovda tuman yoshlarining 80 nafari faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanmalar berildi.

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘urur va iftixor, bag‘rikenglik, bunyodkorlik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalash, baxshichilik va an’anaviy ijro, opera, estrada yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, katta sahnalarda o‘z san’atini namoyish etishi uchun keng yo‘l ochib berishdan iborat.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun