“Zarbdor oylik” 55 kishini ishli qiladi…mi?

Date:

Bugun aholi istiqomat qilayotgan hududlar va fuqarolarni qiynayotgan muammoyu masalalar sektorlar orqali hal etilayotgani ham bor gap. O‘z navbatida sektor rahbarlarining aholi ichiga kirib borib, ularning muammolarini o‘rganish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali ish o‘rinlarini yaratilishiga ko‘maklashish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish asosiy vazifalari hisoblanadi.

Termiz tumani 2-sektorida ham boshqa hududlar barobarida tuman prokurori, sektor rahbari Botir Oltiboyev boshchiligida bir qator ishlar qilinmoqda. Ushbu sektorda “Zarbdor oylik” e’lon qilingan. Oylik doirasida sektor rahbari  hududdagi mahallalarda bo‘lib, aholi va tadbirkorlar muammmolarini o‘rganish, ularning yechimini topishda nimalarga ahamiyat qaratish, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashish choralarini ko‘rmoqda.

Kuni-kecha tuman prokurori “Zarbdor oylik” doirasida Sh.Rashidov mahallasida bo‘ldi. Aholi muammolarini o‘rganish bilan birga mahalladagi tadbirkorlarning loyihalari bilan tanishdi va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ularning murojaatlari shu yerning o‘zida o‘rganib chiqildi. Kredit olishda yordam ko‘rsatish, loyihalarni kengaytirishga ko‘maklashish orqali birgina ushbu mahallaning o‘zida 55 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olindi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchisi va tijorat banklari rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, tadbirkorlar tomonidan quyonchilik, biogumus tayyorlash, pavloniya daraxtlarini yetishtirish, tikuvchilik kabi loyihalarni kengaytirish, un, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, paxtaga ishlov berish sexi, metall va temir materiallariga ishlov berish loyihalari amalga oshirilishi hamda umumiy ovqatlanish shaxobchasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilab olindi va sektor tomonidan barcha zaruriy yordamlar ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv, deya bejiz aytilmagan. Mundoq olib qaralsa, har bir hududning o‘zida zaruriy kasblarga ehtiyoj seziladi. Tikuvchisi ham, nonvoyi ham, qandolatchisidan tortib, ishlab chiqaruvchi ham shu hududning o‘zidan yetishib chiqsa, Sh.Rashidov mahallasidagi sektor rahbari tomonidan o‘rganilgan loyihalar amalga oshadigan bo‘lsa, ham o‘sha hudud rivojlanadi, ham aholi daromad manbayi orta boradi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...

Ezgulik ulashib…

Termiz shahrida inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va...
KunTun
KunTun