Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy

Date:

Issiq jonning isitmasi bo‘lar. Tanamizning qaysidir nuqtasida og‘riq bo‘ldimi, bu qandaydir kasallikdan “signal”. Unga kerakli davoni qo‘llash uchun tibbiy ko‘rik sihat-salomatligimiz uchun zarurat. E’tiborsizlik o‘zimizga nisbatan qilingan eng katta dushmanlik bo‘lsa, ilojsizlik oyoqlarimizga tushov bo‘ladigan holat.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari savobli ishga qo‘l urdilar. Ana shu tashabbus sabab ilojsizlar imkon topdi. Filial professor-o‘qituvchilari Termiz shahridagi “Ma’rifat” mahallasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili ostida tibbiy yordamga ehtiyoji bor “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi oilalar a’zolari bilan suhbat tashkil etdilar. Suhbat bahonasida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli yordam va tavsiyalar berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun