Eksportning ertasi bor

Date:

Yaqin kunlar ichida bozor rastalarida qalashib turadigan shakarning narxi bilan bir qatorda yana boshqa ko‘plab mahsulotlarning narxi “osmon”ga qarab o‘rladi. Nima emishki, Ukrainadan keltiriladigan atigi 0.2 foiz shakar importi vaqtincha to‘xtagani butun boshli shakar zavodlariga ham ta’sir etganmish. Shakarga qo‘shilib narxi oshgan novvotniku qo‘ya turaylik, chaqaloqlar tagliklari narxi ham “dollar oshdi” qabilida ko‘tarilganiga nima deysiz.

Ko‘ramiz, narxni eshitib ranjiymiz, ammo qo‘lsiz oyoqsiz sahmol kabi zabonsizga ham aylanib, ish tutamiz. Sotuvchining aytgan narxiga xarid qilaveramiz. Ammo mutasaddilar bu masalani shundog‘icha tashlab qo‘ygani yo‘q. Xalqni o‘yladi. Eksportga, importga imtiyoz berdi. Jumladan,

Rossiya, Ukraina va Belarus davlatlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalarga yil yakuniga qadar bir qator yengillik berildi.

Yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanmaydi. Ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.

Bu borada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida btafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, soliq ma’murchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish kabi yangi mexanizmlar bo‘yicha jarima va boshqa ta’sir choralari ushbu korxonalarga yil yakuniga qadar qo‘llanilmaydi.

Qolaversa, o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda shakar, un, yog‘, go‘sht kabi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari pasaytirilishi mumkin.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, ko‘rsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxlari barqarorligi saqlanmoqda.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun