345 nafar afg‘onlar  bepul o‘qitiladi

Date:

Afg‘oniston bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalari avval boshidan rivojlanib, kun sayin mustahkamlanib borayotgani barchamizga ayon. Jumladan, Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida olib borilayotgan islohotlar ham fikrimiz tasdig‘idir. Qo‘shni davlat fuqarolariga ko‘makka shay jonajon xalqimiz Afg‘on diyorida tug‘ilib o‘sgan, ta’lim olishga ehtiyoji bor fuqarolarning yanada chuqur bilim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishini har qachon qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan talabalardan tashqari, endilikda gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etib, soha sirlaridan boxabar bo‘laman, degan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu amaliy tashabbus doirasida 345 nafar afg‘onistonlik bepul tahsil olishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, hozirda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik 145 nafar talaba, jumladan, 24 nafar xotin-qiz ta’lim jarayonini davom ettiradi, shuningdek, 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi bir yillik texnik hamda kasbiy ta’lim va tayyorgarlik (TKTT) dasturi doirasida ham o‘qitiladi. Tag‘in 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi qisqa muddatli kasbiy kurslarda ta’lim oladi.

Afg‘on fuqarolariga do‘stlik, birodarlik qo‘lini cho‘zayotgan birgina O‘zbekiston emas, butun dunyo hamjamiyati shu diyorda ham o‘qimishli, ziyoli, o‘z kasbining egasi bo‘lgan mutaxassislar ko‘payishi tarafdori. Afg‘on diyorida ham rivojlanish, oldinga siljish bo‘lishi uchun ham mazkur xayrli ishga qo‘l urilmoqda. Quvonarlisi, Yevropa Ittifoqi mazkur tashabbus uchun 1 million yevro ajratdi.

Adolat Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bodikameralardan foydalaniladi

2026-yil mart oyidan boshlab Majburiy ijro byurosining 208 ta...

Muhim va samarali…

Surxondaryo viloyatida aholi va ta’lim muassasalarini favqulodda vaziyatlardan ishonchli...

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...
KunTun
KunTun