Jinoyatning tayin jazosidan qochdimi yoki o‘zligidan?

Date:

Fojia nima? Bir insonni tahqirlash, joniga qasd qilishmi yoki o‘rtadan ko‘tarilgan oqibat, shu nuqtagacha yetaklagan sabablarmi? U qanday sabab va haqiqat bo‘lishi mumkinki, insonni tubanlikka boshlasa, hayvonsifat mahluqqa aylantirsa… Aks holda bir xonadonda ikki ayol (ona va qiz)ning bejon tanasi sovub yotmasdi. Yetkazilgan jarohatlar shirin jonlarga nuqta qo‘ymasdi.
Qaniydi, bu yovuzlikka guvoh devorlar yuzidagi qon dog‘larini sidirib tashlab so‘zlasa… bu tanalarni o‘z bag‘rida allalagan yanglig‘ ko‘tarib turgan ona yer motamdan chiqsa-yu, qotil oyoqlaridan hippa ushlasa, qocha olmasdi. Tutqich bermay qochib ketmasdi.
Sho‘rchi tumanidagi “Yakkabog‘” mahallasida ana shunday fojia sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumalardan birining turmush o‘rtog‘i yer-u ko‘kdan topilmay qolgani tergov va surishtiruv jarayonida e’tiborni tortib, unga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilindi.
Inson kimga yomonlik ilinsa ham, yaqinlari-yu oilasining tanasiga tikan kirsa, o‘zining joni og‘rigandek yuragi zirillaydi. Yomonlikni-da ravo ko‘rmagani oila qo‘rg‘oni ichida ko‘z qorachig‘idek asragani ayoli va farzandlari bo‘ladi erkakning. Nega endi u o‘z oilasiga bunday jazoni ravo ko‘rdi? Qotillik qilishga shaylanganida aql va vijdon so‘rog‘ini unutdimi? U jinoyatning tayin jazosidan qochdimi yoki o‘zligidan?
Hayriyatki, jinoyatning izi topildi. Gumonlangan Surxondaryodan Tojikiston Respublikasi, so‘ng Rossiya Federatsiyasiga o‘tib, bemalol yashab yuraman deya adashdi. Er qo‘lga tushdi. Ayni paytda uni qaytarish choralari ko‘rilayotir…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun