SAYLOVGA PUXTA HOZIRLIK

Date:

Termiz shahridagi San’at saroyi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Viloyatning 10 ta shahar va tumanlaridan vakillar ishtirok etgan seminarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi rahbari Abdukarim Ahmedov yig‘ilganlarga joriy yilning may oyida viloyatimizning 721 ta mahallasida oqosoqollar saylovini o‘tkazish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik xususida axborot berdi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sunnatullo Abdurasulov seminar qatnashchilariga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a‘zosi, Surxondaryo viloyatidagi mahallarda saylovlarni tashkiliy ravishda o‘tkazishga respublikadan biriktirilgan ko‘maklashuvchi komissiya vakili Suyarjon Qurbonqulov, Oliy Majlis Senatining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Abdurahmon Boboyev, Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi, senator Tolibjon Madumarovlar so‘zga chiqib, bu yilgi saylovlarni oshkora, ochiq-oydin, halollik tamoyillari asosida o‘tkazish zarurligi haqida gapirdilar.

Seminar yakunida mahallalardan kelgan vakillarning savollariga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi. Qisqasi, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini halollik va uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun barcha imkoniyat va sharoitlar mavjudligi ta’kidlandi.

U.Normatov,

N.Muhibulloyev 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun