Osmonlarga yuzlashib…

Date:

Mehmonxona biznesi ham vohada yaxshigina rivoj topmoqda. Chekka-chekka hududlarda milliy qadriyatlarimiz ruhida zeb berilgan mehmon uylari xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, mahobatli binolarning qad ko‘tarib osmonlarga tenglashayotgan, talab va xizmat ko‘rsatishda esa xalqaro mezonlar bilan yuzlashayotgan mehmonxonalardagi shart-sharoit bilan tanishib, ularning “yulduz”lariga baho berasiz. Milliy taomlarimiz va shifo bo‘lguvchi tabiatimiz esa o‘zi bir mavzu…

To‘g‘ri-da, tashrif buyurajak mehmonning taassurotlarini ular qo‘nim topgan mehmonxonadagi sharoit-u xizmatlar belgilab beradi. Aks holda yashayotgan joyidan ko‘ngli to‘lmagan sayyohning sayr-u sayohatga oyog‘i tortarmidi. Janub gavharining markazida ana shunday xalqaro standartlarga uygʼun shakldagi yangi mehmonxona – “GOLD PALACE” foydalanishga topshirildi.

Tadbirkor Zohid Mallayev o‘z g‘oyasi ila bo‘y-bastini ko‘rsatgan mehmonxonani jihozlash va bezash ishlarida ham bosh-qosh bo‘ldi. 24 xonadan iborat mehmonxonada konferens-zal, avtoturargoh, sport maydonchasi ham mavjud. Dam olishni ko‘ngliga tukkan mehmon borki, stol tennis va billiard o‘yinlaridan bo‘shay olsa, boshqa rejalarga o‘tishi mumkin. Barcha qulayliklar ko‘ngilli hordiq chiqarishga yordam beradi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...

Halollik — muhim mezon

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini...

Yosh avlod va harbiylar: hamkorlik mustahkamlanmoqda

Termiz tumanidagi 18-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari...
KunTun
KunTun