Ta’limdagi muammolar yechim topadi

Date:

Ta’limdagi muammolar kelajak avlod taqdirida muhim va jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi haqiqat. Ertasidan qayg‘uda insongina bu borada yechim izlaydi. Bu haqida baralla aytib, o‘z takliflarini ayta bilish ham qaysidir ma’noda jasorat. Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa aʼzolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanloviga yakun yasaldi. Unda “O‘zbekiston ta’limidagi muammolar hamda ularning yechim va takliflari” loyihasi bilan ishtirok etgan Termiz shahridagi Prezident maktabining bir guruh pedagoglari “Maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari nominatsiyasi” bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun