Mutolaaga zo‘r berib

Date:

Kitob oʻqimagan eshak na olimu, na dono beshak, deya bejiz aytilmagan. Kitob kishini ruhan ulgʻaytiradi. Dunyoqarashini kengaytirish barobarida insonda xotirjamlik, bagʻrikenglik, sabr-matonat kabi tuygʻularni ham rivojlantiradi. Bugun kitob oʻqish, kitobxonlikni targʻib qilish har qachongidan ham muhim vazifa sifatida qaralishi ham shundan aslida.

Bola dunyoni teranroq anglashi, ma’naviy kamolotga yetishi uchun ham oʻquv darsliklar, qoʻllanmalardan tashqari, badiiy adabiyotlarni ham oʻqishi, oʻrganishi maqsadga muvofiqdir.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Speech time” vaqtida 2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar hafta davomida oʻzlari oʻqigan kitoblari haqida  taassurotlari bilan oʻrtoqlashishdi. Oʻquvchilar tomonidan kitob haqida, hikmatli soʻzlar, maqollar, she’rlar aytildi va sahna koʻrinishi ijro etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida har juma kuni “kitobxonlik kuni” deb e’lon qilingan va bu kabi tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun