Jizzax teatri jamoasi Angorda

Date:

Vatan tinchligini asrash har doim ham muqaddas burch, eng oliy vazifa. Tinchlikka rahna soluvchilar esa har doim ham uchraydi. Ana shunday damda haqiqiy bahodirlar chin farzandlik burchini ado etib, g‘animlarga qarshi kurashadi.

Angor tumanida Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bosh rejissyori Shohrux Yoʻldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Bahodir” spektakli ana shunday qahramon o‘g‘lon haqida hikoya qildi.
Terrorizm va ekstremizm mavzusi orqali Vatan tinchligini asrash, uni himoya qilish yurtimizning har bir farzandi uchun muqaddas burch ekanligi asosiy gʻoya sifatida targʻib qilingan spektakl tomoshabinlar e’tiborini tortmay qo‘ymadi.
Sardor Hamroyev qalamiga mansub ushbu asar yoshlarni turli yod gʻoyalarga qarshi kurashishga va ularni mustaqil shaxsiy fikriga ega inson boʻlib ulgʻayishga undaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun