“Dor ustida qaddi dollarni ko‘rdim”

Date:

Bu yil viloyat hokimligi tashabbusi bilan Navro‘z tantanalarida fuqarolarga yanada xushnudlik bag‘ishlash maqsadida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridan dorbozlar jamoasi taklif etilgan. “Otchopar” maydoni o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam dor ustida yoshi kattalar barobarida jajji o‘g‘il-qizlarni ham uchratish mumkin.

Ayniqsa jajji qizchaning dor ustidagi mardonavor va ishonch bilan qilayotgan harakati tomoshabinlarning kayfiyatiga kayfiyat qo‘shish barobarida, biroz hadik ham uyg‘otadi. Axir u tengilar hali to‘g‘ri yo‘lida ravon yura olmaydiyu dorboz qizning ingichagina arqon ustida bemalol harakat qilshiyu, raqslar ijro etishiga baravar qarsaklar jaranglaydi.

—Mutasaddilarning taklifi bilan Surxondayo viloyatiga birinchi bor kelib, Navro‘z tantanalarida dor ustida tomoshalar qilayapmiz, – deydi “Mustafo Ali” dorbozlar jamoasi rahbari Ulug‘bek Mutalov. – Odamlar xursand bo‘layotgani bizga yanada motivatsiya berayapti. Oilaviy darvozlik qilamiz. Jamoamizda ikki yoshdan qirq yoshgacha dorbozlarimiz bor. Dor ustida piramida, yelkama-yelka arqon tortish, tosh ko‘tarish, dorda yugurish kabi tomoshalar bor. Turli xil tryuklar ko‘rsatishda biz bolalarni yoshlikdan tayyorlab boramiz. Bolajonlarni yoshlikdan dorbozlikka o‘rgatishda ularning yetti oylik chaqaloqligi davridan bir yoshigacha bo‘lgan muddatda sekin-asta balandlikda harakatlanishga o‘rgatib boramiz. Chunki, go‘daklarda ayni shu davrda qo‘rquv bo‘lmaydi. Avval biroz teparoqqa ko‘tarib, balandlikka o‘rgatib olsak, keyin besh-olti, yigirma metr balandlikka ham bemalol chiqib, dor ustida tomosha ko‘rsataveradi.

Dorbozlar repertuarida 4-4,5 soatga mo‘ljallangan chiqishlari mavjud bo‘lib, ular orasida, akrobatika, mashina tortish, mashina ko‘tarish kabi jiddiy o‘yinlar ham borki ularni amalda bajarish tugul eshitoboq etimiz junjikadi.

Yetti-sakkiz yoshlar chamasi bir bolakayning dor ustidagi akasi yelkasida tik oyoqda turib u yoqdan bu yoqqa chopqillashi, dor ustida yumalahs, chordona o‘tirishlairni ko‘rib,  beixtiyor bola boshidan, degan narsa xayolga keladi.  Uning ko‘zidagi ishonch va harakatlaridagi aniqlik ko‘plab yoshlarni qiziqtirib qo‘ydi.

Otasi yoki onasining yonida, Navro‘z saylini tomosha qilayotgan bolajonlar tengi yoshlar dor ustida mashqlar qilishi, o‘ziga xos chiqishlarini ko‘rib qoyil qolmalsikning imkoni yo‘q.

Dorbozlarning chiqishlari bayram ahliga oziga xos tuhfa bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun