“Unar ishim hunardan”

Date:

Endigina tili-zaboni chiqayotgan, atak-chechak yura boshlagan qizchalar ham onasiga “unnashish” payida bo‘ladi. Goh supra atrofida kuymalanayotgan, gohida esa qo‘liga igna-ip ushlagancha biror bir matoga gul yoki naqsh solayotgan ayollarning qizlari ham hunar o‘rganishga tutinadi baribir.

Ko‘pchilik qizlarning momolari, onalari sevgan kasbini davom ettirishga kirishishida ham aslida bir hikmat bor. Negaki, hunar o‘rganishga moyillik qonimizda bor.

Ming olima bo’lsin, aqlu donish bo’lsin, ma’lumoti qanday darajada bo’lishidan qat’iy nazar kishiga hunar o’zgacha zeb beradi.

Surxon zaminida, ayniqsa, so‘lim Boysunda hunarmandchilik qadimdan rivojlanib kelayotir. Qo’li gul kashtado’zlar, do‘ppido‘zlar, kulollaru chanqovuzchilar ham shu makondan ko‘plab yetishib chiqayotgani ham bejiz emas. 

Boysun tumanidagi “Yoshlar istirohat” bog‘ida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi festivali o‘tkazildi. Unda namoyishga qo‘yilgan naqshinkor gilamlar, qadimiy gul solingan kashtalardan tortib, zamonaviy uslubda tikilgan ayollar uchun zarur anjomlarning o‘ziga xosligi kishiga zavq beradi.

Dunyo ahli tan beradigan, qo‘l mehnati ila mo‘jiza yaratishga qodir hunarmandlar maktabi qayer desa, hech ikkilanmasdan Boysunni ko‘rsatish mumkin.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun