Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi

Date:

Bahodir Jalolov o‘zbekning iftihori, g‘ururiga aylanib ulgurdi. U erishgan muvaffaqiyat va g‘alabalar ortida o‘z ustida izlanish, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar yotadi. Bugun yuragida orzulari kurtak yoza boshlagan bolajon ham Bahodir Jalolovdek sportchi bo‘laman deya shasht bilan aytadi, havaslanadi. To‘g‘ri-da, o‘zbekning har bir o‘g‘loni yengilmas Bahodirdek bo‘lsa, yomonmi? Mana shunday ezgu niyatlarni maqsad qilgan holda Prezident qaroriga asosan Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi.

Ushbu maktab 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab boksga qiziqqan iqtidorlarni qabul qilishni boshlaydi. 175 nafar yosh kontingentni qamrab oluvchi maktabda o‘quvchilar 5-sinfdan qabul qilinadi.
Bu dargohda boks sirlari bilan bir qatorda umumta’lim dasturlari asosida o‘qitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yashashi uchun zarur jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan ta’minlashda oliy mahorat sport maktablarining normativlari tatbiq etiladi. Eng muhimi, ovqatlanish xarajatlarini qoplash maqsadida ota-onalardan hech qanday to‘lov talab etilmaydi. Ya’ni o‘quvchilar to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Boks maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat byudjetidan jami 25 milliard so‘m yo‘naltirilgan.
Bu maktabdan esa qisqa muddatlarda yosh Bahodir Jalolovlar yetishib chiqib, mahoratlari ila O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Insonparvarlik yordami koʻrsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash...

47 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo...

Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

"Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘shtepa" mahallasi...

15-martdan 15-aprelgacha…

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha...
KunTun
KunTun