Qirlardagi  Navro‘z  dillarga ko‘chdi

Date:

Bahor kelishi bilan qir-adirlarni, maysalarni, ayniqsa, Navro‘zni intiqlik bilan kutamiz. Yangi yilga yam-yashil archa yarashganidek, Navro‘z ayyomini ham qir-adirlarsiz, so‘lim tabiat qo‘ynidagi sallar, halim-u ko‘ksomsalar, doshqozonlardagi biqirlayotgan sumalaklaru, kuy-qo‘shiqlarsiz, o‘lanlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Ammo adirga chopqillashga, tomoshalarga, o‘yin-kulgiga oshno bo‘lishga imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar ham oramizda bor. Ularning ham ushbu ayyomni qarshi olishga, quvnab-yayrashga, Navro‘z nafasini his qilishga-da haqqi va ehtiyoji bo‘lishi turgan gap.

Qumqo‘rg‘on tumanida “Navro‘z muborak bolajon”  shiori ostida  o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘zgacha quvonch ulashdi. Tumandagi nogironligi bo‘lgan bolajonlar tarbiya topayotgan “Muruvvat” internat uyida tashkil etilgan Navro‘zda ular uchun ajoyib konsert-tomoshalari uyushtirildi.

Haqgo‘y

Oldingi sahifa“Unar ishim hunardan”
Keyingi sahifaQo‘shaloq yutuq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun