Bo‘lajak askarlar kuzatildi

Date:

Otabek Malikov avvaliga tibbiy ko‘rik, so‘ng jismoniy tayyorgarlikdagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z yigitlik burchini ado etish uchun harbiy xizmatga otlangan. Otabek singari yigitlar ko‘zida o‘z burchini ado etishdek sharaf shashti yonayapti. Onalar, bo‘lajak askar yigitlarning yaqinlari esa Termiz shahrining markazida joylashgan Motamsaro ona haykali yonida ularni kuzatishga chiqishgan. Respublikaning barcha viloyatlariga 2022-yil uchun chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga yuborish tadbiri tantanali tarzda tashkil etildi.

Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev so‘z olib, chaqiriluvchilarga o‘zining samimiy tilaklar ila Vatanga sodiq farzand ekanligini muddatli xizmatni o‘tash davomida namoyish etishlariga ishonch bildirdi.
Harbiy orkestr kuy sadolari ostida Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan askarning kundalik hayoti uchun kerak bo‘ladigan yuvinish anjomlari, “Armiya hayot maktabi” kitobchasi sovg‘a tariqasida tarqatildi. Tadbirning ikkinchi qismi bayram dasturxoniga ulanib ketdi. Termiz shahar madaniyat markazi xonandalarining kontsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar Termiz temir yo‘l bekatidan viloyatlarga yuborildi, vagonlar Termiz harbiy gospitali tibbiyot xodimlari tomonidan dizenfektsiya qilinib kuzatuvchilarga topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun