Tomorqangizda nima yetishtirayapsiz?

Date:

Uzun tumani “Yangiyo‘l” mahallasida yashovchi Ulugʼbek Pardaev xonadonida tomorqasining 12 sotix joyiga issiqxona qurgan. U yerga 135 tup limon ko‘chatlarini o‘tqazib, parvarishlab keladi.

Bu yilgi mavsumda xonadon egasi 10 tonnaga yaqin hosil oldi. Uning aytishicha, ayni paytda 8 tonna limonni maxsus xonada saqlamoqda. Bir kilogramini 19 ming so‘mdan sotib oladigan xaridor ham kelib turibdi.

PS: Bo‘sh yerini quchoqlab yotganlar og‘zini ochib yuravermasdan, undan foydalanishni, mehnat qilishni o‘rganishi kerak haliyam. Аfsuski, hududlarga xizmat safari bilan borganda shunaqa tomorqalarga ham ko‘zimiz tushayapti.

Аyni bahor mavsumida yaxshi yashashni istagan borki, ekin-tikin qilish, urug‘ qadashu, yerini o‘g‘it bilan to‘ydirish tashvishida yuribdi. “Dangasalik” qilayotganlarni uyg‘otishimiz kerak. Hokim yordamchilariku bu ishga kirishishgan. Lekin biz ham qarab turmaylik, qo‘ni-qo‘shnini, qarindosh-urug‘, tanish-bilishni foydali mehnatga undaylik.

✒️ F.Umidullaeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun