Loyiha doirasida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha bepul onlayn kurslar o‘tilmoqda. Ular Birlashgan Arab Amirliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida tashkil etilgan.
Loyiha maxsus onlayn portal orqali aholiga masofaviy ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — birinchi bosqichda global mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan to‘rtta mutaxassislikni o‘z ichiga oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish, “Front-End Development”da o‘rganuvchilar saytning tashqi dizayni, tashqi tomoni qanday tayyorlanishi, umumiy imidjini yaratishni o‘rgansa, “Full-Stack Development” dasturi orqali esa saytning ishlash tezligi, tashqi va ichki tuzilishi, ichki ilovalari, video, audio fayllarni joylashtirish kabi saytga doir barcha kerakli ma’lumotlarni o‘rgatib boriladi. “Android dasturlash” bizda hali unchalik ham rivojlanmagan bo‘lsa-da, mobil qurilmalar uchun turli xildagi ilovlarni yaratish mumkin. Umumiy kurs 120 soatlik ta’lim uchun mo‘ljallangan. Har bir bosqich yakunida ishtirokchilar laboratoriya ishlarini tayyorlashadi hamda ularga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.
Vohamizda mingdan ortiq o‘quvchi o‘qib, dasturlashni yaxshi o‘zlashtira olgani va yangidan sayt yaratgani uchun ham sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bu raqamlar faqatgina viloyatimizdagi tashkil etilgan IT-markazlar nazorati ostida o‘qib, sertifikat olganlar xolos. Shuningdek, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning kompyuter bo‘limlarida ham “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida o‘qib setrtifikat olayotganlar talaygina.
Qolaversa, bu bo‘yicha turli xil tanlovlar ham tashkil etilmoqda. Yaqindagina o‘tgkazilgan “Udacitiy Nanodegree” tanlovida vohamizda 22 nafar dasturchilar ishtirok etib, shulardan besh nafari grant mablag‘larini qo‘lga kiritdi.
✒️Adolat MO‘MINOVA