1v1.lol slope unblocked io games

Surxondaryoda «Surxon milliy qadriyatlar beshigi» shiori ostida yoshlar forumi boʼlib oʼtdi

Date:

Yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdolarini roʼyobga chiqarishga koʼmaklashishga qaratilgan besh tashabbus loyihalarini yangicha tashkil etish hamda muammo va takliflarini erkin bildira olishlari uchun maydon yaratish maqsadida tashkil etilgan «Oʼzbekiston yoshlari forumi – 2021» haftaligi doirasida Termiz shahridagi «Bolajon» istirohat bogʼida tashkil etilgan tadbirda ajdodlardan meros boʼlib kelayotgan hamda turli xalqlarning milliy oʼyinlari oʼtkazildi.
Forumda Termiz shahri va tumanlar oʼrtasida oʼtovlar koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazma doirasida har bir shahar va tumanlar oʼzining milliyligini aks ettiruvchi urf-odat va qadriyatlar hamda hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi oʼtkazildi.
Mahalladan viloyat bosqichigacha oʼtkazilgan «Oʼzbekiston yoshlari forumi» tadbirlari orqali 600 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Shuningdek, forum doirasida, yoshlar oʼrtasida koʼchalararo, mahallalararo yoʼnalishida sportning qator turlari boʼyicha «Sektor rahbari kubogi» musobaqalari, «Kamalak yulduzlari – 2021» bolalar ijodiyoti festivali, «Munozara» intellektual turniri, «Yil talabasi» koʼrik-tanlovlari, Аxborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar oʼrtasida kibersport hamda «Bir million dasturchi» loyihalari, kitobxonlikni yoshlar oʼrtasida targʼib qilish maqsadida «Zukko kitobxon», «Mahallam kitobxoni» kabi loyihalar, yoshlarni bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan yoshlar uchun biznes-trening va motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.
Barcha tadbirlar «Oʼzbekiston 24» yangiliklarida jonli efirga uzatib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soha faoliyati sarhisob qilindi

Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida Surxondaryo viloyati, IIB Migratsiya...

Muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Bungungi kunda yoshlar oliygoh talabasi bo‘lishga, jamiyatda o‘z o‘rnini...

Gʻalaba ishonch bagʻishlaydi

G‘oyalar, loyihalar amaliyotga tadbiq etilar ekan, ilmda, fanda, texnologiyada...

Davlat xizmatlari endi mahallalarda

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun markazga borishimiz vaqtimizni tejab, ortiqcha...
KunTun
KunTun