Denov tumanida 250 o‘rinli tikuvchilik sexi ishga tushirildi

Date:

Hududlarda tadbirkorlik subyektlarining ish boshlashi haqidagi xabarlar kishini quvontiradi. To‘g‘ri-da, bunday tashabbuslar, albatta, joylarda ishbilarmonlik muhitini shakllantiradi, yangidan-yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishsizlarni ish bilan band qiladi. Qolaversa, mahsulotlarning tannarxida sezilarli darajada o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Denov tumani “Namozgoh” mahallasida ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida 250 ish o‘rniga ega tikuvchilik sexi ishga tushirildi. Sex subsidiya asosida jihozlar bilan ta’minlangan.
Loyihaning ochilish marosimi tuman ahli, ayniqsa, ish bilan band bo‘lgan xotin-qizlar va ularning oila a’zolari uchun quvonchli va kutilmagan yangilik bo‘ldi deyish mumkin. Ana shunday quvonchli hodisaga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham sherik bo‘ldi.
Viloyat rahbari “Indenim tekstil” MChJ tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyihada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, loyihani kengaytirish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun