OROMGOH — ENG ZAVQLI DARGOH

Date:

“Xonjiza” oromgohi bolalar uchun sevimli va ajoyib manzil. Sariosiyo tuman markazidan 55 kilometr olisda, purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan ushbu so‘lim bolalar oromgohi o‘ziga xos go‘zal tabiatga ega ekani bilan har mavsum yuzlab, minglab bolalarni o‘z bag‘riga oladi. E’tirof etish joizki, oromgohda bolajonlarning yaxshi dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Yozgi ta’tilda vaqtning mazmunli o‘tkazishning eng maqbul yo‘li esa oromgohlarda dam olish. “Xonjiza” esa eng yaxshi variant. Bu yerda har bir bolaning vaqtining unumli o‘tishini ta’minlash uchun maxsus rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yozda ham bolalar ta’lim-tarbiyadan uzilmaydi. Ular munosib hordiq chiqaradi. Do‘stlar orttiradi, bilim va ko‘nikmasini oshiradi.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Xonjiza” bolalar oromgohida tashkil etilgan “Yozgi oromgoh – eng zavqli dargoh” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir esa dam olayotgan bolajonlarning vaqtini quvnoq o‘tkazishga xizmat qildi.
Dastlab, oromgohda tashkil etilgan “Zakovat”, “Kitobxon” va sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol, voleybol to‘garaklari faoliyati bilan tanishildi.
Tadbir davomida bir guruh iqtidorli, faol yoshlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari tomonidan tashakkurnoma hamda badiiy adabiyotlar topshirildi. Qolaversa, oromgoh kutubxonasiga ham kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi. Tadbirda iqtidorli yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun