Parlament komissiyasi ishchi guruhi Surxondaryoda

Date:

Yurtimizda barcha sohalar qatori nodavlat notijorat tashkilotlari ham munosib qo‘llab-quvvatlov ostida. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, o‘z yo‘nalishlarida ish yuritishlari uchun doimiy tarzda davlat grantlari ajratilib, qator imtiyoz va imkoniyatlar berib kelinmoqda. Shunchaki, o‘z loyiha, g‘oya va takliflari bilan ishtirok etib, g‘oliblik sari intilsalar kifoya. Xo‘sh, ajratilayotgan grant mablag‘lari to‘g‘ri yo‘nalitirilyaptimi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan qanday jihatlar bor? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining

2023-yil 11-maydagi qaroriga asosan Parlament komissiyasi raisi A.Shadmanov, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori O.Nishonov, Respublika Nogironlar jamiyatining raisi K.Abdullayev va Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati raisining 1-o‘ribosari A.Abdullayevlardan iborat Parlament komissiyasi a’zolaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi hamda jamoat fondining faoliyati yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. O‘rganishlar davomida esa yuqoridagi savollarga munosib javob topish mumkin bo‘ldi.


Qolaversa, jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi hamda jamoat fondi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘limi majlislar zalida Parlament komissiyasi Ishchi guruhi a’zolari va tegishli tashkilot va muassasalari mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar berilishida nodavlat notijorat hamda davlat tashkilotlarining ishtiroki, bu borada mavjud muammolar, Prezidentimizning qarorlari asosida nogironlar jamiyatlari, milliy madaniy markazlar hamda savdo-sanoat palatalariga subsidiyalar ajratilishi, qayd etilgan tashkilotlar faoliyatidagi muammolar muhokama qilindi. Bundan tashqari, komissiya yig‘ilishlarida davlat organlarining NNTlar bilan hamkorligi masalalarini muhokama qilinishining ijtimoiy sheriklikni va jamoatchilik nazoratini ta’minlashda tutgan o‘rni alohida ta’kidlanib, aksariyat hollarda bu yo‘nalishdagi ishlarning chetda qolayotganligi muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘layotganligi aytildi.


O‘z navbatida ayni muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Muloqot davomida yig‘ilish ishtirokchilari davlat grantlarining ijro etish muddatlari, grant va subsidiya mablag‘larining ishlatilishida yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar haqida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdilar. O‘z navbatida tegishli nodavlat notijorat tashkilotlar amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirishlarini bildirishdi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun