Raqiblarin mot qilib…

Date:

Shaxmat — aqllar o‘yini. Har bir yurish mushohada bilan o‘ylanib, yetti o‘lchab bir yurish qilinadi. Albatta, o‘ylovlaringiz, yurishlaringiz vaqtning oliy hakamligida nazoratda bo‘ladi. Bugungi o‘zbek yoshlarining shaxmatda erishayotgan yutuqlari esa ushbu sport turini mahorat ila o‘zlashtirganini, o‘z ustida tinimsiz ishlab, mehnat qilishayotganini ko‘rsatadi. Ana shunday iste’dodli yoshlar orasida surxon qizi Umida Omonova ham bor.
Gruziyaning Batumi shahrida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Umida Omonova ham ishtirok etdi. Chempionatning rapid yo‘nalishida 10 imkoniyatdan 9 ochko to‘plagan vohadoshimiz Umida Omonova jahon chempioni bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun