Muammolar o‘rganildi

Date:

Inson yashar ekan, muammo va kamchiliklarga duch kelaveradi. Ularni hal etish esa ba’zida bir kishining harakati bilan bo‘lmaydi. Ana shunday paytda davlat yordamga keladi va aholini manzilli qo‘llab-quvvatlashga, muammo va kamchiliklarini hal etishga kirishiladi. Albatta, bunday tizim, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarda inson manfaati, qadr-qimmatining yuksak darajaga ko‘tilganini ko‘rish mumkin. Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ayni shu maqsadda viloyat markazidan 300 chaqirim, Sariosiyo tumani markazidan esa 110 kilometr uzoqlikda joylashgan, tog‘li “Chosh”, “Karsh” va “Maland” mahallalarida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi.


3 ta mahallada o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Chosh”, “Karsh”, “Maland”, “Zooxona”, “Kundayijuvoz”, “Vochax” va “Xushxabar” qishloqlarining aholisining murojaatlari tinglandi. Albatta, bu murojaatlar yo‘llar taʼmiri, qishloq sharoitlarini yaxshilash, tibbiyot punkti tashkil etish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, mutasaddilar bu bo‘yicha o‘zlari uchun tegishlicha vazifalarni belgilab oldilar.


Shuningdek, qishloqdagi ishsiz fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun tikuvchilik dastgohi, payvandlash uskunasi, pishiriq pechi, o‘t o‘rish uskunasi kabi jihozlar topshirildi. Qolaversa, kam taʼminlangan oilalar uchun 5 tonna un, 2,5 tonna guruch, 2 tonna shakar, qariyb 6 ming litr o‘simlik yog‘i, erkaklar va ayollar kiyim-kechaklari hamda ushbu qishloqlardagi yoshlar va maktablar uchun 700 ta kitoblar to‘plami, 63 ta shaxmat-shashka doskasi, 35 ta turli sport anjomlari topshirilgani mahalliy aholini quvontirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun