Sherzod yana chempion

Date:

Sportning turlari ko‘p, qiziqish va layoqatimizga qarab, u yoki bu turini tanlaymiz. Shug‘ullanib, mahoratimizni oshiramiz, chiniqamiz. Tashkil etiladigan musobaqalar, turnir va chempionatlar esa nechog‘lik tayyorlanganimizni ko‘rsatib beradi. Muzrabot tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sherzod Аbdumajidovning ham sport turlariga qiziqishi baland. Serg‘ayrat va harakatchan, erta tongdan yugurib, tanasini qizdiradi-da, sport mashqlari bilan yakunlaydi. Jismoniy tarbiya darsida ham uning jismoniy kuchi va imkoniyatlari yaqqol seziladi. Sinfdoshlari, tengqurlariga qaraganda anchayin abjir va chayir.
Toshkent shahrida 16-yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbkiston chempionati uchun nomzodlar saralaganda ham Sherzodga teng keladigan topilmagan edi. Mehnati va harakatlari natijasida u ushbu O‘zbekiston chempionatiga ishtirok etdi.
Yosh sportchilar uzunlikka sakrab, bor mahoratlarini ishga soldilar. Bellashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Iqtidor va mehnat esa o‘z kuchini ko‘rsatib, Sherzod Abdumajidov uzunlikka sakrash turi bo‘yicha 5,86 metr natija bilan O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Aytish kerakki, bu Sherzod uchun ilk muvaffaqiyat emas. Yosh sportchi uzunlikka sakrash bo‘yicha 4 karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

595 ta tashqi reklamaning 293 tasi qonunga zid

Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi...

Ijara to‘lovida imtiyoz bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoni bilan davlat...

Prokuratura: yopiq idoradan ochiq muloqot sari

Prokuratura deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga, avvalo, qonun buzilishiga munosabat...

3 milliard dollarlik marralar sari

Bugun Surxondaryoning iqtisodiy qiyofasida yangi tendensiya yaqqol namoyon bo‘lmoqda:...
KunTun
KunTun