“Chiqindisiz makon yarataylik!”

Date:

Har bir fuqaro bittadan chiqindini ko‘chaga uloqtiraversa, har kuni yuzlab-minglab chiqindilar atrof-muhitni “bezab” tursa, tasavvur qilaylikki, holat qay darajaga borib qoladi. Biz yashab turgan maskan chiqindixonaga aylanadi-qoladi. Qolaversa, kundan kun chiroy ochib borayotgan maskanlarga, albatta, obodlik yarashadi. Tozalik va obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bor joyda esa fayz-u baraka bo‘ladi. Ustiga ustak, ishda ham, turmushda ham farovonlik bo‘lishi turgan gap. Yon-atrofimizni obod maskanga aylantirish, avvalo, sihat-salomatligimiz uchun foyda bo‘lsa, ma’naviyatimizga ham bevosita ko‘zgu bo‘lib xizmat qiladi.
5 iyun – “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Sariosiyo tumani Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan “Chiqindisiz makon yaratamiz” shiori ostida ekoaksiya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Yoshlar bog‘i, Xurshid mahallasi hududi, yo‘l chetida ekilgan mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, o‘t va tikonlar, ariq-zovurlar tozalanib, chiqindilar tashib chiqarildi.
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan mazkur tadbir aholining ekologik madaniyatini yanada oshirish, hududlarni chiqindilardan holi etish va bu borada xalqaro hamjamiyat tajribasini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Istardikki, “chiqindilarsiz kun” aksiyasi har bir fuqarononing qalbiga o‘rnashib olsa-yu, har kunimiz mana shunday obodlikka oshno o‘tsa.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun