500 nafar ishsiz ishli bo‘ladi

Date:

Qayga boqmaylik, obodlik, o‘zgarishlar, yangidan-yangi loyihalarning amaliyotga tadbiqini kuzatamiz, kuzatiboq zavqlanamiz. Sababi bunday o‘zgarishlarning negizida xalq manfaati, turmush tarzini yaxshilanishi maqsad qilingani kishini ruhlantirmay, zavqlantirmay qolmaydi. Ana shunday o‘zgarishlar nasimi Sho‘rchi tumanida ham sezildi. “Sho‘rchi indenim klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan kasanachilik va tikuvchilik markazi tashkil etiladigan bo‘ldi. Natijada esa 500 nafar yangidan ishchi o‘rinlari yaratilishi tumandagi ishsizlarning ko‘ngillariga umid chirog‘ini alangalatganday bo‘ldi.
Eng asosiysi, tashkil etilajak yangi korxonaga “Аyollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishga qabul qilindi. Qolaversa, ularning mehnatlari bilan oilalarining moddiy farovonligini taʼminlanadi, turmush darajasi oshiriladi. Yangi fabrikada turli o‘lcham va ko‘rinishdagi kiyim-kechaklar tikiladi. Tayyor kiyim-kechaklar esa nafaqat ichki bozorga, balki chet davlatlarga ham eksport qilinishining reja qilingani aholining arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanishini anglatadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun