“OMBUDSMAN MAKTABI” LOYIHASIGA START BERILDI

Date:

Ombudsman — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxsdir. Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi.
Qayd etish lozimki, Ombudsmanga yuborilayotgan fuqarolar murojaatlari tahlili aholining mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ayollar, yoshlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan huquq va imtiyozlardan bexabar ekanligini ko‘rsatdi.

Shu sababdan ham Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Sho‘rchi tumanida tashkil etilgan tadbirda Ombudsman instituti tomonidan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilindi va aholining huquqiy xabardorligini oshirishga zarurat bo‘lgan sohalar tanlab olindi.
Ushbu loyihaning joylarda tashkil etilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risida xabardorligini oshiradi. Huquqiy burch va vazifalarini tanib olishga yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun