Agronomlarga elektromotorollerlar topshirildi

Date:

Katta-katta yer maydonlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ekin-tikinning baravj olib unib-o‘sishida, albatta, kerakli agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, vaqtida suvi, qarovini qilish mo‘l hosil olishning garovidir. Bu ishda esa agronomlarning xizmati, diqqat-e’tibori muhim ahamiyat kasb etadi. Fermer xo‘jaliklaridagi yer maydonlaridagi ishlarini tizimli tashkil etish ayni ularning zimmasidagi vazifa.
Shu sababdan ham ularning e’tibori, chaqqonligi ayni hosil rivoji uchun eng kerakligi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan 2023-yil g‘o‘za hosili uchun ekilgan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarni shuningdek, zararkunanda hasharotlar hosilni zararlamasdan, zarurkunandalarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha Denov tumanida tashkil etilgan fermer xo‘jalik hududlariga o‘nta agronom biriktirilib, ularga o‘n dona elektromotoroller topshirildi.
Ushbu elektromotorollerlar agronomlarning daladagi ishlarini yengillashtirishda eng yaxshi ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. Viloyatimizning barcha tumanlarida agronomlarga elektromotorollerlar topshirish ishlari davom etmoqda.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun