Bandixonda “sayyor qabul”

Date:

Bugun barcha doiradagi rahbarlar kursida o‘tirib emas, hududlarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning dard-u tashvishlariga quloq tutayotganini, muammoli masalalar joyiga borib o‘rganilib, hal etilayotgani, aholini ham mamnun etayotgani rost. O‘z navbatida fuqarolar ham rahbarning eshigiga chopqillamasdan, “sayyor qabul”larni kutadigan bo‘ldi. Murojaat madaniyati oshib bormoqda.
Ana shuning o‘zi aslida juda katta islohot emasmi?


Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning qadr-qimmati va jamiyatga bo‘lgan ishonchi yotibdi. Shunday ekan, aholining murojaatlari shunchaki bee’tibor tashlab qo‘yilmayotgani, boshqalarning masalasini o‘ziniki bilib ish ko‘rilayotgani odamlarda hayotga intilish va hukumatga ishonchni mustahkamlaydi.
Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida sektor rahbarlari hamda tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida tumanning “Chinor” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida hamda “Oʻrgʻilsoy” mahallasida joylashgan 24-maktabda “Ommaviy sayyor qabul” boʻlib oʻtdi.


Oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabullar davomida “Chinor” mahallasidan 11 nafar fuqaroning 15 ta masalasi, “Oʻrgʻilsoy” mahallasida 17 nafar fuqaroning 25 ta masalasi oʻrganib chiqildi. Koʻrib chiqilgan masalalarning 10 ta murojaat joyida hal etilib, qolgan 30 ta murojaat belgilangan muddatda oʻrganilib, hal etish yuzasidan tuman hokimi mas’ullarga jiddiy topshiriq va koʻrsatmalar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun