Hayvonlar ekinzorlarni payhon qilsa, egasi jarima toʻlaydi!

Date:

Qishloqda yashagan kezlarimiz qo‘shnilar orasida bir-birining moli tomorqasini payhon qilibdi, ekinlariga qo‘ylar tushib ketib, hosilni nobud qilgani uchun ikki hamsoya nizolashibdi, qabilidagi gaplar quloqqa chalinardi.
Yaxshi niyat bilan bog‘ yaratib, ekin ekib, hosil olishni, shu orqali ro‘zg‘orini butlashni o‘ylab, tomorqada mehnat qiladigan odamga bir pasda kimningdir mol-holi ekinlarini nes-nobud qilishi yoqmasligi tabbiy, albatta. Bu kabi muammolarning ham qonuniy yechimi borligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Ushbu masalaga ham qonunchilikda chora-tadbir belgilandi.
Xonadonida boqayotgan hayvonlari boshqa birovning tomorqasidagi ekinlarga zarar yetkazsa, jonivorning egasiga javobgarlik belgilandi. Ekinzorlarni yoki koʻchatzorlarni barcha turdagi texnika vositalarida bosib oʻtish bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Agarda chorva mollari yoki parrandalar xoʻjalik ekinzorlarini payhon qilsa, egalari BHMning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslar esa — uch baravaridan besh baravarigacha jarima toʻlashi mumkin.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun