Nogironligi bo‘lgan shaxslar endi navbat kutishmaydi

Date:

Surxondaryo viloyat hokimining tadbirkorlar bilan bo‘lgan qabulidamiz. Navbat kutib turgan tadbirkorlarning ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul shaxs birma-bir tadbirkorlarni tanishtirmoqda. Shu payt hokimning nigohi ro‘parasidagi nogironlik aravasida navbatini kutayotgan fuqaroga tushdi. Tanishtirayotganni ham, so‘z nabvati kelgan tadbirkorni ham to‘xtatdi-da, haligi nogironlik aravachasidagi fuqaroga so‘z qotib, murojaatini tingladi…
Albatta, navbat kutishga kelganda hamma birdek, ketayotgan vaqti sabab insoniylik tuyg‘ularini-da unutadigan, adolatli bo‘lishni talab qiladiganlar yo‘q emas. Xolbuki, nogironligi bo‘lgan, yosh bolali va homilador ayollarga hurmat va ehtirom yuzasidan ham ba’zida navbat beramiz, ba’zida esa yo‘q. Prezidentimizning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 27.02.2023-yilda qabul qilingan PQ-74-son qaroriga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bir qator imtiyozlar berildi.
Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, taʼlim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida, ya’ni joyida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish imtiyozi berildi. Qolaversa, ana shunday fuqarolar davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga ham navbatsiz kirish huquqiga ega bo‘ldilar.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun