Bog‘cha bolalari shaxmat o‘ynadi

Date:

Shaxmat — aql gimnastikasi, u aqlni charhlab, fikrni o‘tkirlashtiradi. Shu sababdan ham aql o‘yini bolalikdan o‘rgatilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Ayniqsa, bog‘cha yoshidagi bolalarga shaxmat o‘ynash qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari o‘rgatib borilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hattoki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ-4954 sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida bog‘chalarda “Shaxmat kunlari” ham tashkil etib kelinayotir.
Bu galgi “Shaxmat kunlari”da Termiz shahridagi 17- va 26-sonli DMTTlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat musobaqalari tashkil etildi. Jarayonni kuzatgan zavq-shavq oladi. Chunki jajji shaxmatchilar shaxmat donalarini surishlari, g‘oliblik sari intilishlari, o‘zlarini kattalardek tutishlari musobaqaning qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi. Musobaqa yakunida esa bolajonlar maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun