Volontyorlar targ‘ibotda…

Date:

Mamlakatimiz bo‘ylab 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgani barchamizga ma’lum. Joylarda bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan aholini boxabar qilish, yangiliklar haqida batafsil tushunchalar berish, referendumda faol ishtirok etib, mamlakatimiz taqdirida muhim qadamni qo‘yish borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda volontyor talabalar Uzun tumanidagi “Mustaqillik”, “Serharakat”, “Dehqon” va “Obod yurt” MFYlarida hamda 21-umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.
Yuragida hayajon, shijoat va ishonch bilan yangilanayotgan Konstitutsiyani targ‘ib qilayotgan yoshlarning dadil-dadil gapirishlari, kiritilayotgan yangiliklar va ularning amaliy ifodasini qat’iy ishonch bilan so‘zlashlarini ko‘rib, uzunliklar boshqacha bir ko‘tarinkilik bilan qarshi olishdi.
Volontyorlar va fuqarolarning ochiq muloqotlarida asosan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmum-mohiyati va yurtimizda inson huquqlarini ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun