Kamida ikkita til, bitta hunar…

Date:

11 yil davomida maktabda ta’lim olib, hech qanday xorijiy tilni bilmasdan, biror bir kasb-hunarni egallamasdan turib, maktabni tamomlayotgan o‘quvchi-yoshlar birinchi galda o‘zini oliy ta’limga “uradi”. Puxta bilim olib, imtixonlarga tayyorlangani-ku talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lar, biroq na tuzuk-quruq ilm egallamagan, na biror bir hunarning boshini tutmaganlari esa “bekorchi”ga aylanadi-qo‘yadi. Yoki bo‘lmasa, chet elga ishga otlanadi.
Ana shu toifadagi yoshlarning kelajagi, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketish-ketmasligi, biror bir tayinli ishning boshini tutishi so‘roq ostida qoladi. Aynan shuning uchun ham yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, jamiyatning faol qatlamiga aylanishi uchun bugungi kunda ta’lim tizimini rivojlantirishga, oʻqituvchilarning salohiyatini oshirishga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yosh avlodning kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tizimda faoliyat olib borayotgan pedagoglardan birgina talab – o‘quvchi-yoshlarga sifatli ta’lim berish va fan sirlari bilan bir qatorda, kasb o‘rgatib, maktabni tamomlaganidayoq, kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilishi va bitta bo‘lsa-da, kab-hunarni o‘rgatishi kerak bo‘ladi.
Sariosiyo tumanidagi 18-umumta’lim maktabida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, umumta’lim maktablarining 1 nafardan kasb-hunarga yo‘naltiruvchi psixologi, xorijiy tillar (ingliz va nemis tili) fanlari o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirokida ikkita til va bitta kasbga o‘qitish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari maktabda ikkita til (ingliz va nemis tili) va bitta (tikuvchilik, duradgorlik ishlari ustasi, WEB kontent administratori va kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi) kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan xonalar bilan tanishib, ushbu kasblar bo‘yicha o‘tkazilayotgan to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun