…quvonchga to‘ldirdi

Date:

Muzrabotlik Xolmirza Otaqulov oilasi, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ijarada yashaydi. Kam-ko‘sti, kemtigi ko‘p. Ro‘zg‘orning g‘ori esa to‘lay demaydi. Qora qozonni qaynatish, farzandlari qornini to‘qlash, ustini butlash uchun ota tinimsiz mehnat qilishi kerak. To‘g‘ri, Xolmirza aka mehnatdan qochadigan inson emas, taqdirning bunday sinovlariga qarshi turib, ertangi kuni nurafshon bo‘lishiga umid bog‘lashdan, shukrona qilishdan to‘xtamaydi.
Ana shunday shukronalik hissi muborak oyda o‘z mukofotini berdi. Saxovatpesha tadbirkor tomonidan Xolmirza akaga bir bosh qora mol ehson qilindi. Eshigini qoqib kelgan mahalla faollarining bu tuhfasi Otaqulovlar xonadonini quvonchga to‘ldirdi.
Aytish kerakki, qo‘li ochiq, aholiga mehr-oqibat, saxovat ko‘rsatuvchi tadbirkor insonlar safi ortib, ana shunday ehsonlar ila xonadonlarga yaxshilik ulashilmoqda.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Onlayn xavfsizlik: qanday himoyalanish mumkin?

Har kuni millionlab kishi internetdan foydalanadi — ammo ko‘pchilik...

Yoshlar va diniy bag‘rikenglik: bilim va tajriba orqali taraqqiyot

Zamonaviy jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy uyg‘unlikni mustahkamlash va yosh...

So‘zda emas,amalda bo‘lsin…

Korrupsiya — bu nafaqat davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotiga...

Ibn Sino avlodlaridan innovatsiya

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan Yoshlar...
KunTun
KunTun