Kombaynlar — mavsumga shaymi?

Date:

G‘alla — rizq-ro‘zimizdir. Shuning uchun bobo dehqonlarimiz erta bahordan yerni tekislab, bug‘doy boshoqlarini qadaydilar, kerakli agrotexnik tadbirlarni amalga oshiradilar. Maqsad esa mo‘l hosil olib, xalq oldida yuzlarini yorug‘ qilish.
Ayni shunday o‘z vaqtida ekilgan g‘alla dalalarda yashnab, hosil bergan. Yetilgan bug‘doy boshoqlarini o‘rib olish muddatiga ham oz qoldi. Demak, mavsumga munosib tayyorlanib, bug‘doyning bitta ham boshog‘ini nobud qilmay, yig‘ib-terib olish qishloq xo‘jaligida faoliyat qiluvchi mehnat ahlining oldiga turgan mas’uliyatli vazifa sanaladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga asosan Angor tumanida joriy yil g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan g‘alla o‘rish kombaynlarining mavsumga shay holatda ekanligini o‘rganish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda sohaga tegishli tashkilot mas’ullari, agro klaster, fermer xoʻjaliklari hamda mexanizatorlar ishtirok etib, tumandagi kombaynlarning ko‘rigi, mavsumga tayyorligi, texnik holatini o‘rganishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mexanizatorlarga qo‘shimcha tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun