Raqamlashtirish davom etmoqda

Date:

“Elektron poliklinika” tizimi endi yangilik emas. Uning qulayligi va vaqtni tejashi haqida xabardormiz. Shu paytgacha respublikamizning Toshkent shahri, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida ishga tushirilgan “Elektron poliklinika” tizimi Surxondaryo viloyatida ham joriy etildi.
Bu boradagi ilk qadam Termiz shahri va Angor tumanida tashlanib, Sho‘rchi, Sherobod va Termiz tumanlarida ham jarayonlar yakuniy bosqichda. Albatta, surxondaryoliklar tibbiy xizmatlarning raqamlashtirilishi ko‘pgina qulayliklar yaratayotganini o‘zlari, poliklinikalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar misolida amin bo‘lishayotir.
Surxondaryo viloyat hokimi Termiz shahridagi 2-son oilaviy poliklinikasida bo‘lib, “Elektron poliklinika” tizimining ishlash jarayonlari bilan tanishdi. Viloyatdagi boshqa tibbiyot muassasalarida ham tizimni keng joriy etish, tibbiyot xodimlari va fuqarolarning tizimdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish ayni davr talabi ekanini ta’kidladi.
To‘g‘ri-da, har soniyaning qadriga yetib, uni behuda sarf etmaslik uchun ham ortiqcha navbatbozlikka, qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, elektron xizmatlardan foydalanish lozim. Ana shundagina yaratigan shart-sharoitlardan, imkoniyat va imtiyozlardan, asosiysi axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalangan bo‘lamiz.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun