Favqulodda vaziyatlarda…

Date:

Tasavvur qiling, to‘satdan ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lib, atrofingizda kimgadir zarar yetdi. Kimdir yiqilib tushgandir yoki yong‘inda kuygandir. Ana shunday holatda barcha ko‘ngilsizlikdan sarosimaga tushib, esankirab qolishi aniq. Ammo, bunday vaziyatda sarosimaga tushmasdan, zararlangan bemorga birinchi yordamni ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘l tuta bilish lozim. Oltinsoy tumanidagi “Bo‘ston” mahallasi 13-sonli IDUM hududida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir yuqoridagi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini tushuntirishda eng yaxshi master-klass bo‘ldi deyish mumkin. Tadbir davomida “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat va yong‘inlar hamda boshqa nohush holatlarning oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali qurollar yordamida kerakli ma’lumotlar va tushuntirish ishlari olib borildi. Maxsus-taktik o‘quv mashqlari esa vaziyatning nechog‘lik jiddiy ekani va fuqarolarning to‘g‘ri yo‘l tuta bilishlari uchun dasturil amal bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun