146 KILOMETR MASOFAGA…

Date:

Bosh Qomusimizning yangi qonun loyihasi ishlab chiqilganidan xabardormiz. Bu boradagi ishlar, referendum oldi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari qizg‘in tus olgan. Joylarda xalq fikri, yangi qonunning amaliyotdagi talqini har bir fuqaroni ruhlantirayotgani, daxldorlik hissini oshirayotgani rost. Denov tumanida “Mening konstitutsiyam” shiori ostida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish maqsadida “Denov-Termiz” yo‘nalishida 146 kilometr masofaga “Aralash marafon” tadbiriga start berildi.


Ushbu tashabbusga esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni dasturil amal bo‘lib xizmat qildi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog-xodimlar jamoasi esa faollik va jonbozlik ko‘rsatib, start chizig‘idan finishga tomon yo‘l oldilar. Aytish kerakki, har bir ishtirokchi ushbu marafon orqali mamlakat rekordini o‘rnatishni maqsad qilgan.

S.Davatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot sari 1000 qadam

Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Yoz–2026”...

Qaldirg‘och

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt...

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...
KunTun
KunTun