Yo‘l haqi tekin… mi?

Date:

Avtobusda ketayotib, ba’zan haydovchi qandaydir guvohnomasini ko‘rsatib, yo‘l haqini to‘lamay tushib ketayotgan yo‘lovchilar izidan hay-haylagancha jig‘ibiyron bo‘lganining guvohi bo‘lamiz. To‘g‘ri-da, belgilangan tartibga rioya qilish lozim. Axir, uzog‘imizni yaqin qilayotgan avtoulovlar tekinga yurmaydi, haydovchi esa havasga xizmat ko‘rsatmaydi.
Ammo, avtobuslardan bepul foydalanish huquqiga ega yo‘lovchilar ham yo‘q emas. “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) urush qatnashchilari, front ortida fidokorona mehnat qilgani uchun taqdirlangan hamda Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilardan tashqari ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar ham bepul foydalanish huquqiga ega.

S.Allayeva,

jurnalist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun