20 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi

Date:

Surxondaryo viloyati ahlining asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali daromad ko‘radi. Iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi bilan mo‘l hosil olish imkoni yuqori bo‘lgan hudud imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanmoq lozim. Shu ma’noda davlat rahbarining kuni-kecha viloyatimizga qilgan tashrifi davomida aholi turmush farovonligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish, yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish orqali mahsulotlar yetishtirish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berildi.
Ana shu topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, “Pomir Surxon Agro klaster” MChJning yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish, foydalanishga kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihasini mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqdi. Loyihaga ko‘ra Qumqo‘rg‘on tumani “Sayxon” massivida 12,5 ming, Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” massivida 7,5 ming gektar adirliklardan iborat yer maydonlari foydalanishga kiritiladigan bo‘ldi. Ushbu yer maydonlarini oqova suv bilan taʼminlash uchun eng yaqin hudud bo‘lgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv omboridan quvurlar yotqizgan holda suv olib kelinadi.
20 ming gektar yangi ekin maydonlarining foydalanishga kiritilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmining sezilarli oshishiga xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun