“Oksford yoki Kembrijda ishlayman”

Date:

Ba’zida autizm, daun sindromi haqida eshitganimizdanoq, ana shunday sindrom aniqlangan bola haqida o‘zimizcha xulosa yasaymiz. Aqlan zaif, jamiyatga foydasi tegmaydigan bir inson ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Biroz achinish, rahmdillik his-tuyg‘usi ko‘nglimizdan o‘tadi. Ammo, ular ham siz-u bizdan kam bo‘lmagan imkoniyatga egaligi, bizdan-da yuqoriroq marralarni ko‘zlab, muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini xayolimizga ham keltira olmaymiz. Agar shunday bo‘lsa, bu to‘rt muchasi sog‘lomlar uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilishi, motivatsiya berishiga shubha yo‘q.
37 yoshli Jeyson Ardeyga bolaligida autizm spektrining buzilishi va rivojlanish kechikishi tashxisi qo‘yilgan. Ammo, shunga qaramay, hozirda Ardey Kembrij universitetining eng yosh professori hisoblanadi.
Jeyson Ardey Janubiy londonlik. U 11 yoshigacha gapira olmagan, muloqot qilish uchun imo-ishora tilidan foydalandi va 18 yoshgacha o‘qish va yozishni bilmas edi. Ko‘p yillar oldin Ardeyga qo‘yilgan tashxis tufayli u umrining qolgan qismini qariyalar uyida o‘tkazishi mumkinligi bashorat qilingan edi. Ammo, Ardey taslim bo‘lmadi. U onasining yotoqxonasi devoriga “Oksford yoki Kembrijda ishlayman” deb yozib, buni maqsadga aylantira oldi.
Ardey Surrey universitetida ikkita magistrlik darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik 2016-yilda Liverpul Jon Murs universitetida doktorlik dissertatsiyasini oldi. Kembrij universitetining eng yosh professori taʼlim sotsiologiyasidan dars beradi.
Andrey o‘zi misolida haqiqatan barchaga imkonsizlikdan imkon topa olgan shaxs sifatida o‘rnak bo‘la oladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun