Direktor qo‘lga tushdi

Date:

Ustoz har tomonlama o‘quvchisiga o‘rnak va namuna bo‘lmog‘i lozim. Aks holda yosh avlod ularning na bergan bilimiga va na o‘gitlariga quloq tutadi. O‘z navbatida ta’lim tizimida ham o‘qituvchi-pedagogning, rahbar kadrlarning o‘rni, bilim-salohiyati katta ahamiyatga ega. Kelajak avlod taqdiri ularning qo‘lida ekan, albatta, ularga ishonamiz, suyanamiz. Ammo, besh barmoq baravar bo‘lmaganidek, ba’zida o‘z kasb-u koriga, ishiga mas’uliyatsiz kadrlarning uchrashi ayanchli. Albatta, ta’lim tizimiga xiyonatni aslo kechirib bo‘lmaydi.
Shavkat Botirov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) esa o‘z manfaati, nafsi yo‘lida xiyonat qilishdan-da tap tortmadi. U Angor tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birida direktor vazifasida ishlab kelib, kutubxonachi vazifasiga xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish xizmat vakolatiga kirishidan foydalanib, ushbu maktabga kutubxonachi vazifasiga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga go‘yoki muqaddam shu maktabda kutubxonachi bo‘lib ishlagan xodim kamomadga yo‘l qo‘yganligini, ushbu kamomadni yopish uchun deb 4 million so‘m mablag‘i berishini talab qildi.
Aytilgan pulni bergandan so‘nggina uni ishga qabul qilishini maʼlum qildi. Shundan so‘ng, direktor aytilgan 4 million so‘m pullarni fuqarodan olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Nafsim mening balodir, ming bir ko‘yga soladir deganlaridek, katta bir maktab jamoasiga bosh bo‘lib, obro‘-e’tibor qozonib yurgan rahbar bugun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi. Endi o‘ylab ko‘rsinchi, obro‘yi, sha’ni va g‘ururini ancha arzon baholab yubormadimikan?

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun