Piyodalar xavfsizligi uchun yerusti yo‘lagi

Date:

Transport qatnovi gavjum ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash alohida e’tibor talab etadi. Angor tumanidagi At-Termiziy ko‘chasida aynan shu maqsadda barpo etilgan yerusti yo‘lagi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Odiljon Iminov va Ra’no Astaqulova tuman hokimi Qosim Mardonov bilan birgalikda Yangiturmush mahallasi hududidan o‘tuvchi mazkur ko‘chadagi piyodalar yo‘lagini ko‘zdan kechirdi.

“Angor kelajagi savdo kompleksi” MChJ va “Vanora” savdo majmuasi oralig‘ida qurilgan inshoot piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun imkoniyat yaratdi. Ayni paytda yo‘lak foydalanishga topshirilgan. Loyiha uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ 2026-yil birinchi mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida ilgari surilgan, biroq g‘olib bo‘lmagan bo‘lsa-da, dolzarb deb topilgan obyektlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yo‘naltirilgan.

Yerusti yo‘lagi transport qatnovi gavjum hududda piyodalar harakatini xavfsiz tashkil etish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Piyodalar xavfsizligi uchun yerusti yo‘lagi

Transport qatnovi gavjum ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash alohida e’tibor...

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...

“Guliston”da yangi yashil hudud barpo etiladi

Yashil hududlarni kengaytirish faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Buning...

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...
KunTun
KunTun