Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib borish va muammolarga o‘z vaqtida yechim topishda raqamli nazorat tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda “Vaziyat markazi” platformasi ishlab chiqildi. Yangi platforma “Mahalla yettiligi” faoliyatini tizimli monitoring qilish, ish jarayonlarini tahlil etish va ijro intizomini nazorat qilish imkonini beradi.
Jumladan, yoshlar yetakchilarining ishga kelib-ketish davomati, mehnat intizomi, yoshlar bilan ishlash jarayoni, amalga oshirayotgan ishlari va erishayotgan natijalarini real vaqt rejimida kuzatish mumkin.
Tizim faoliyatdagi kamchilik va muammolarni erta aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida belgilashga ham xizmat qiladi. Natijada mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va mas’ul xodimlar javobgarligini kuchaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

