Yoshlar yetakchilari — Tokioda

Date:

Yoshlar bilan ishlashda, albatta, tashabbuskorlik, katta tajriba va bilim-salohiyatni ishga solish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, muvaffaqiyatli tajribalar yangidan-yangi marralarni zabt etishga debocha bo‘lishi shubhasiz. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy salohiyati va boshqaruv ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish maqsadida Yaponiyaga malaka oshirish safarlari yo‘lga qo‘yildi.
Eng faol yoshlar yetakchisi Tokio shahridagi BMT Universitetida (UNU) tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda ishtirok etmoqda. Delegatsiya safida Sho‘rchi tumanining “Obodon” mahallasi yoshlar yetakchisi Temur Xamzayev ham bor.
Yetakchilar xalqaro boshqaruv tizimi asoslari, inson huquqlari, global tinchlik va barqarorlikni ta’minlash amaliyoti bo‘yicha bilim va tajribalarni o‘zlashtirmoqda. Bu kabi xalqaro tajriba almashinuvi mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yetakchilarning bilim va salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

XAVFSIZLIK SABOQLARI BERILDI

Oltinsoy tumanidagi 48-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida is gazidan...

Betonlashtirish ishlari o‘rganildi

“Tashabbusli byudjet” loyihasi ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘ldi. Ta’lim...

Xayrli tashabbuslar davom etmoqda

Qiziriq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman...

“IIB boği” yangi köçatlar bilan boyidi

Yurtimizda ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va tabiatga...
KunTun
KunTun