INSON QADRI UCHUN…

Date:

Inson qachon qadr topadi? Qachonki, uning orzu va maqsadlari ro‘yobga chiqarilishi uchun imkoniyatlar yaratilsa… Qachonki, u sevgan mashg‘ulotlari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z iqtidorini namoyon eta olsa. Sho‘rchi tumanida “Ma’rifat haftaligi” doirasida “Inson qadri” loyihasi asosida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir orqali ana shunday haqiqatlarni anglash mumkin bo‘ldi.

Tadbir davomida inson manfaatlari, uning sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, ma’naviy yuksalish hamda ma’rifatli jamiyat barpo etishning ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Madaniy-ma’rifiy tadbirga tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari hamda 7-son musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlari o‘zgacha fayz, ko‘tarinki kayfiyat va zavq bag‘ishladi.

Inson qadri ulug‘langan yurtda mehr-oqibat, adolat va ezgulik barqaror bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Betonlashtirish ishlari o‘rganildi

“Tashabbusli byudjet” loyihasi ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘ldi. Ta’lim...

Xayrli tashabbuslar davom etmoqda

Qiziriq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman...

“IIB boği” yangi köçatlar bilan boyidi

Yurtimizda ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va tabiatga...

Yoshlar yetakchilari — Tokioda

Yoshlar bilan ishlashda, albatta, tashabbuskorlik, katta tajriba va bilim-salohiyatni...
KunTun
KunTun